YANGILIK VA TADBIRLAR

“Ochiq eshiklar kuni”

photo_2022-05-31_13-34-31

Joriy yilning 23-may kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Korporativ boshqaruv” kafedrasi jamoasi taklifiga ko‘ra, Yangiyo‘l tumanidagi 4 va 6-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quvchilari “Ochiq eshiklar kuni” munosabati bilan institutga tashrif buyurdi.

O‘quvchilar va pedagog xodimlarga kafedra mudiri, dotsent M.Mansurov tomonidan institut faoliyati va kafedra tuzilishi haqida foydali ma’lumotlar berildi. Shuningdek, institutning o‘quv va ma’naviy hayotiga oid videoroliklar namoyish etildi. Kafedra hamrohligida insitutdagi “Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash”, “Ipak texnologiyasi”, “To‘qimachilik matolari texnologiyasi” va “Yigirish texnologiyasi” hamda “Matbaa va qadoqlash jarayonlari texnologiyasi” kafedralari ilmiy, o‘quv laboratoriyalarining turli jihozlari bilan tanishtirildi.

Shu bilan birga, “Fizika va elektrotexnika” kafedrasiga ham tashrif uyushtirildi. Unda maktab o‘quvchilariga professor-o‘qituvchilar tomonidan qiziqtirgan savollarga javoblar berilib, mahorat darsi o‘tildi. Ushbu tashrif taʼlim muassasalarida o‘quv ijodiy, maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!