YANGILIK VA TADBIRLAR

“UzTextileExpo Spring 2022” xalqaro ko ‘rgazmasida ishtiroki uchun institutning bir qator xodimlari munosib taqdirlandi

photo_2022-05-31_13-49-01

2022-yil 28-aprel kuni “UzTextileExpo Spring 2022” Xalqaro Tо‘qimachilik va Moda Sanoati kо‘rgazmasi doirasida “AFWEU & UzTextile” deb nomlangan xalqaro kо‘rgazmasida institutning bir qator professor-о‘qituvchilari ishtirok etib, o‘quv yurtida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari namoyishini о‘tkazib ishtirokchilarning e’tirofiga sazovor bо‘lishgan edi.

Jumladan, “Tо‘qimachilik matolari texnologiyasi” kafedrasi mustaqil izlanuvchisi Shoira Umarova Ravshanovnaning olib borayotgan tadqiqot ishlari yuzasidan xisobot tarzida “Tо‘qimachilik matolari texnologiyasida nou xau va yangi loyihalar” mavzusidagi dokladi ishtirokchilar va ko‘rgazmaga tashrif buyurgan chet ellik martabali mehmonlar tomonidan iliq kutib olingan va yuksak baholangan. Eng asosiychi, doklad davomida ishlab chiqarilgan mato namunalaridan zamonaviylik bilan hamnafas shaklda yaratilgan kostyumlar namoyishi о‘tkazilib, ishlab chiqaruvchilar tomonidan yuqori darajada kutib olindi hamda kо‘plab ishbilarmon biznesmenlardan hamkorlikda ishlash uchun takliflar bо‘ldi.

Ushbu ishtirok uchun “Tо‘qimachilik matolari texnologiyasi” kafedrasining bir qator professor-о‘qituvchilari N.Yusupova, M.Mirsadikov, Sh.Umarova “О‘ztо‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan yuqori saviyadagi ishtiroki uchun “UzTextileExpo Spring 2022” Xalqaro Tо‘qimachilik va Moda sanoati kо‘rgazmasining qimmatli diplomi bilan taqdirlandilar.

 

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!