YANGILIK VA TADBIRLAR

Korxona yetakchi mutaxassislaridan mahorat darsi

photo_2022-05-31_13-58-30

Yetuk mutaxassislar tayyorlashda talabalar uchun nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy mashg‘ulotlar, korxonalarda amalga oshiriladigan amaliyotlar, hamda korxona yetakchi mutaxassislari tomonidan tashkil qilinadigan mahorat darslarining ahamiyati katta hisoblanadi.

Shularni nazarda tutgan holda “Texnologik mashinalar va jihozlar” ta’lim yо‘nalishi talabalari hamda professor-о‘qituvchilar uchun “Paxtamash” MCHJ korxonasi tomonidan “Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi о‘quv auditoriyalarida “Zamonaviy paxtani qayta ishlash texnologiyalari” mavzusi bо‘yicha mahorat darsi о‘tkazilib, kafedraning barcha bakalavr va magistr talabalari ishtirok etishdi.

Darsni korxona bosh mexanigi G‘.Jumaqulov va korxona bosh konstruktori X.Ganixanovlar olib bordi. Ma’ruzada talabalarga nazariy ma’lumotlar berishdan tashqari, korxonadagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida ham aytib o‘tildi. Mazkur amaliy mashg‘ulotlar talabalarning kelgusida zamonaviy jihozlarda ishlashlari uchun katta maktab bо‘ladi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!