YANGILIK VA TADBIRLAR

“Oybek faylasuf adib”

photo_2022-06-01_16-02-42

Joriy yilning 1-iyun kuni Adiblar xiyoboni majmuasida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti jamoasining Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek ijodiga bag‘ishlangan navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi. “Oybek faylasuf adib” mavzusidagi mazkur adabiy kecha Matbaa texnologiyalari fakulteti tashabbusi bilan tashkil etildi.

Ushbu tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ulug‘bek Abdullayev ochib berib, institutda Oybek ijodiga qarata olib borilayotgan samarali ishlar xususida aytib o‘tildi.

Ana’naga ko‘ra, fakultet talabalari ijrosida kuy-qo‘shiqlar, go‘zal she’rlardan namunalar hamda adib asalaridan sahna ko‘rinishlari mahorat bilan ijro qilindi. Shuningdek, O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan “Oybek ijodining bugungi kun yoshlari hayotidagi roli” mavzusida ma’ruza qilindi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!