2022-yilning 2-iyun kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Press-klubida kafedra mudirlari ishtirokida talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot yig‘ilishi bo’lib o’tdi. Mazkur uchrashuvda “Charm buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasi mudiri – Dilnoza Pazilova, “Ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat” kafedrasi mudiri – Shahnoza Agzamxo‘jayeva, “Muhandislik grafikasi va mexanika” kafedrasi mudiri – Oybek Ortiqov hamda “Kimyo” kafedrasi mudiri – Sardor Karimovlar bevosita ishtirok etishdi.