YANGILIK VA TADBIRLAR

Vilnyus Gediminas texnika universitetida amaliy trening hamda Vilnyus Balday mebel fabrikasiga tashrif

photo_2022-06-03_11-12-58

Vilnyus Gediminas texnika universitetida uchinchi hamkorlik uchrashuvi va MechaUz loyihasi treningining uchinchi kuni doirasida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rektori Ilxom Sabirov, Ishlar boshqaramasi boshlig‘i Baxtiyor Boboxo‘jayev¸ Magistratura bo‘limi boshlig‘i Xayrulla Usmanov va Xalqaro bo‘lim mutaxassisi Surayyo Mamadjanova va ishtirokchilar jamoasi Vilnyus Balday mebel fabrikasiga tashrif buyurishdi.

Ko‘zlangan asosiy maqsad esa sanoat va ta’lim integratsiyasini o‘rganish, zamonaviy sanoat talablari bilan yaqindan tanishishdir. Vilnyus Gediminas texnika universiteti tomonidan yuqori saviyada tashkil etilgan mazkur tashrifning birinchi qismi korxona tarixi, faoliyati va yutuqlari bilan tanishish bilan boshlandi. Shuningdek, Loyihalar va innovatsion bo‘lim boshlig‘i Nerijus Sykas ishtirokida texnologik jarayon va mahsulotlar namoyish etildi. Amaliy seminar yig‘ilish ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi. Treningning keyingi kuni VGTU mexanika fakultetida davom etadi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!