YANGILIK VA TADBIRLAR

Intellektual mulkka egalik qilish borasida o’quv mashg’uloti

photo_2022-06-07_12-44-40

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-apreldagi PQ–221-son qarori bilan tasdiqlangan topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Adliya vazirligi tomonidan Oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining intellektual mulk sohasidagi malakasini oshirish yuzasidan o‘tkaziladigan o‘quv mashg‘ulotlari grafigiga muvofiq, 2022-yilning 6-iyun kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti xodimlarini intellektual mulk sohasidagi malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Mazkur o‘quv mashg‘ulotini institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor A.Gulamov ochib berdi. Unda О‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk markazi davlat muassasasi ixtiro va foydali modellar bо‘limi eksperti Xasanov Azimjon o‘zining “Ixtiro va foydali modelga talabnomani tayyorlash, ish yuritish va ekspertiza jarayoni” mavzusidagi taqdimoti bilan ishtirok etdi. O‘quv mashg‘ulotida institut professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, izlanuvchilar va yosh olimlar ishtirok etishdi. O‘quv mashg‘uloti yuqori ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Ishtirokchilar о‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan ilmiy faoliyatlari jarayonida duch kelgan intellektual mulkni himoyalash, sohadagi ilmiy-tadqiqot va boshqa yangiliklariga egalik huquqlarini oshirish bо‘yicha ma’lumotlarga ega bо‘lishdi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!