YANGILIK VA TADBIRLAR

Jamiyat gultoji bo’lgan qizlar o’rtasida davra suhbati

photo_2022-06-07_20-31-17

Joriy yilning 7-iyun kuni Institutning 2-Talabalar turar joyida “Qiz bola tarbiyasi – millatning ertasi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yig’ilishga Yakkasaroy tuman hokimi o‘rinbosari – Oila va Xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i D.Ismoiljonova, “Oilaviy, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy reabilitasiya” bo‘yicha mutaxassis S.Ro‘ziqulova, tuman Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektor podpolkovnik D.Sattorova, 2-kurs talabalari tyutori O.Berdiyeva, “Bobur” mahallasi Xotin-qizlar faoli B.Sharofiddinovna va “Abdulla Qahhor” mahallasi Xotin-qizlar faoli Erkinoy Xasanovalar tashrif buyurdi.

Faollar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022-yil 1-martdagi PF-81-sonli farmonining to‘liq matni bilan tanishtirib o‘tildi.

Suhbatda ishtirok etgan institut faollari hamda yig‘ilgan talabalar, mehmonlarning qiziqarli va mazmunli suhbati uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!