YANGILIK VA TADBIRLAR

“Qushbegi” mahallasida mahorat darsi

photo_2022-06-11_15-40-54

Joriy yilning 10-iyun kuni Yakkasaroy tumani “Qushbegi” MFYda Toshkent to‘qimachik va yengil sanoat instituti “Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasi mudiri M.Rasulova, kafedra dotsentlari B.Alimuhamedova, M.Babadjanova, G.Bazarbayeva va katta o‘qituvchi M.Aripjanova va mahalla xotin-qizlar faoli G.Zakirovalar ishtirokida mahallada “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari”da turuvchi xotin-qizlar uchun “Tikuvchilik sohasida tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish” mavzusida mahorat darsi o‘tkazdi. Tadbir davomida professor-o‘qituvchilar tomonidan bugungi kunda o‘zini-o‘zi band qilish orqali tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar, tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha hayotiy misollar asosida ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, mahalla kutubxonasiga kafedraning tarixi va bugungi faoliyatiga bag‘ishlangan kitob va maqola chop etilgan “Xalq so‘zi” va “Ma’rifat” gazetalari taqdim etildi

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!