YANGILIK VA TADBIRLAR

San’at va sport sohasi xodimlari ishtirokida ijodiy uchrashuv

Institutning To‘qimachilik sanoati texnologiyasi fakulteti “Ipak texnologiyasi” kafedrasining 2021/2022 o‘quv yilida yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbusning targ‘ib qilish rejalashtirilgan. 1-tashabbus doirasida talabalarning musiqa, rassomchilik, adabiyot, san’atga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida 10-iyun kuni ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Mazkur tadbirga O‘zbekiston davlat drama teatri aktyori Po‘lat Normatov, Kikboks sport turi bo‘yicha 3 karra O‘zbekiston chempioni, xalqaro musobaqalar ishtirokchisi Kamron To‘raboyev tashrif buyurib, dekan o‘rinbosari, kafedra professor-o‘qituvchi hamda talaba-yoshlari ishtirokida mazmunli suhbat bo’lib o’tdi.

Mehmonlar tomonidan san’at va sport sohasiga oid Hukumatimizdan berilayotgan e’tibor, yaratilayotgan imkoniyatlar aytib o’tildi. Qiziqarli savol-javoblar esa barchaga o’zgacha kayfiyat berdi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!