YANGILIK VA TADBIRLAR

Ommaviy yugurish marafoni

photo_2022-06-14_09-45-32

Yurtimiz bо‘ylab “Yoshlar kuni” oldidan “Yangi nafas” yugurish musobaqalari о‘tkaziladi

30-iyun – “Yoshlar kuni” kuni munosabati bilan 2022-yil 26-iyun kuni Mamlakatimizning Namangan, Samarqand, Guliston, Chirchiq, Jizzax, Farg‘ona, Shahrisabz, Toshkent shaharlarida “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqalari о‘tkaziladi.

“1 vatanda, 1 vaqtda, 1 masofaga, 1 maqsadda – birga yuguramiz” shiori ostida 3 kilometr masofaga yugurish bо‘yicha о‘tkaziladigan musobaqada har bir shaharda 2 ming nafardan ortiq ishtirokchi qatnashishi kutilyapti.

– “Yangi nafas” yugurish musobaqasi nafaqat aholi orasida sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini keng yoyish, odamlarni bir maqsad atrofida birlashtirish, jipslashtirishga, balki yildan yilga ommaviylashib borayotgan salomatlik tadbirlarining darajasini yuksaltirishga xizmat qilishi shubhasiz, – deydi О‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi mas’ul xodimi Kamoliddin Rо‘zamuhammedov. – Avvallari yurtimizda marafon yoki yugurish musobaqalari bitta hududda tashkil etilgan bо‘lsa, bu safargi ommaviy sport tadbiri bir paytning о‘zida 8 ta shaharda о‘tkaziladi. Barchasida yugurishga bir vaqtda start berilishi musobaqaning nufuzini, uning qamrovini belgilaydi. Shuningdek, Mamlakatimizda shu sohaga ixtisoslashgan mutaxassislarning yangicha formatda ishlash kо‘nikmasini oshiradi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!