YANGILIK VA TADBIRLAR

Qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tahsil oluvchi magistr talabaning diplom himoyasi a’lo darajada baholandi

2022-yilning 16-iyun kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Qo‘shma ta’lim dasturlari asosida “To‘qimachilik mahsulotlari texnologiyasi” ta’lim yo’nalishi magistratura mutaxassisligi bo‘yicha tahsil oluvchi 2-kurs talaba Aminova Diyora Farrux qizi Bitiruv malakaviy ishini yuqori darajada, a’lo bahoga himoya qildi.

Himoya jarayoni onlayn shaklda o‘tkazilib, bunda Don davlat texnika universiteti rahbariyati, Davlat attestatsiya komissiyasi raisi va a’zolari, magistr talabaning ilmiy rahbari professor I.V.Cherunova, shuningdek, TTYeSI Xalqaro hamkorlik ishlari bo‘yicha prorektor S.Tashpulatov, bo‘lim mutaxassisi S.Mamadjanova, Qo‘shma ta‘lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i N.Amirova, bo‘lim mutaxassisi G.Isoxodjayeva, To‘qimachilik matolari texnologiyasi kafedrasi assistenti G.Sobirova ishtirok etdi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!