YANGILIK VA TADBIRLAR

Yaponiya davlati delegatsiya vakillarining institutga tashrifi

photo_2022-06-17_11-06-55

2022-yilning 16-iyun kuni Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat institutiga janob Kobayashi Yukio boshchiligidagi Yaponiya davlati delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Rasmiy yig‘ilishda Yaponiya ipak iplarini rivojlantirish birlashmasi rahbari Kobayashi Yukio, “Shin Matsuzawa Industries” korxonasi prezidenti Hoshino Nobuo, “Three Lamps Inc” korxona maslahatchisi Sammyo Musahino, Yaponiya Xalqaro hamkorlik agentligi (“JICA”, Tokio markazi) mutaxassislari Takahashi Musayuki va Kusune Erika, “Sunshine YUIS Adviser LLC” korxonasi rahbari Yukimi Nakada, shuningdek, institut rektori Ilxom Sabirov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bо‘yicha prorektor Azamat Gulamov, Xalqaro hamkorlik bо‘yicha prorektor Salih Tashpulatov, bо‘lim xodimi Surayyo Mamadjanova ishtirok etdi.

Delegatsiya a’zolariga institut tarixi, bugungi faoliyati, rivojlanish bosqichlari bо‘yicha taqdimot qilindi. Suhbat davomida ikki tomonlama о‘zaro hamkorlik masalalari, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, hamkorlikda kadrlar tayyorlash yuzasidan savol-javoblar о‘tkazildi. Xususan, ipak ishlab chiqarish va qayta ishlash sohasi uchun qо‘shma ta’lim dasturlari asosida bakalavr va magistratura bо‘yicha hamkorlik qilish tо‘g‘risida tо‘xtalib о‘tildi. Shu jumladan, hamkorlikda ipakchilik sohasida ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, ipak xomashyosini modifikatsiyalash, polikomponent iplarni olish, ipak nanotenologiyasi bо‘yicha fanlarni о‘quv jarayoniga tatbiq etish yuzasidan suhbat olib borildi.

Yakuniy qismda ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish bо‘yicha kelishib olinib, institut rahbariyatining mehmonlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!