YANGILIK VA TADBIRLAR

“Muhandislar” mahallasida kitob targ‘iboti

2022-yil 18-iyun kuni “Ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat” kafedrasi professor-о‘qituvchilarining “Muhandislar” MFY fuqarolari bilan “Kitob – bilim bulog‘i” mavzusida davra suhbati о‘tkazilib, О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Taraqqiyot Strategiyasi” asari bilan tanishtirildi. Shuningdek, fuqarolarga ushbu asardagi 7 ta bob va uning mazmun-mohiyati tushuntirib berildi.

Mazkur jarayon qiziqarli tashkil etilib, suhbatda yoshlar va yoshi katta fuqarolar ham ishtirok etdi. Kafedra professor-о‘qituvchilari tomonidan ishtirokchilarga kitoblar sovg‘a qilindi.

 

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!