YANGILIK VA TADBIRLAR

“Rakat” mahallasiga tashrif

photo_2022-06-21_14-26-31

Joriy yilning 21-iyun kuni “Charm buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasi kafedra mudiri va professor-o’qituvchilari “Rakat” mahallasida bo’lishdi. Mazkur mahallada kafedra professor-о‘qituvchilari va mahalla raisi Sobirjonov Botir Muxitdinovich, yoshlar yetakchisi Sobirov Xasan Erkinovich bilan davra suhbati uyushtirildi. Suhbat davomida Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat institutining mavjud 4 ta fakulteti hamda xorijiy OTMlar – A.N.Kosigin nomidagi Rossiya davlat universiteti, Belarusiyaning Vitebsk davlat texnologiya universitetlari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan qo’shma ta’lim dasturlari, ulardagi ta’lim yo’nalishlari, shart-sharoitlari to’g’isida batafsil ma’lumotlar berilib, o’qish uchun yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumotlar yetkazildi. Mahalla yoshlarini ushbu ta’lim yo’nalishlariga hujjat topshirishlari bo’yicha targ’ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!