YANGILIK VA TADBIRLAR

Buyuk adiblarga ehtirom

photo_2022-06-21_16-31-06

Joriy yilning 21-iyul kuni Matbaa va qadoqlash jarayonlari texnologiyasi kafedrasining professor-oʻqituvchilari Adiblar xiyoboniga tashrif uyushtirishdi. Har vaqt, har zamonda bosma nashrni chop etib, oʻquvchiga yetkazishga beminnat xizmat qilib kelayotgan matbaachilar 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni oldidan buyuk siymolarni yod olish bilan birga yorqin ijodi bilan yaqindan tanishib, buyuk tarixdan joy olgan oʻchmas lavhalardan bahramand boʻlishdi. Ayniqsa, XX asrda yashagan bu buyuk adiblarga vatandosh, millatdosh ekanligi bilan gʻururlanib, uning qaysi zamonda va qanday inson boʻlganini anglash, ularning ruhiy va maʼnaviy olamini chuqurroq idrok etishga urinish, ular haqidagi tasavvurning mukammal boʻlishiga xizmat qiladi. Sevimli yozuvchi va shoir Muso Toshmuhammad oʻgʻli Oybek haykali oldida uzoq suhbatlashib, oʻsha davrning bosma nashrlarini yod oldilar. Oybek asarlarining gazeta va jurnal sahifalarida yoki kitob shaklida nashr etilishi kitobxonlar uchun tom maʼnoda bayram boʻlgan. Oybek buni yaxshi bilgan va har doim qadrlagan. Oybek – nafaqat ijod bilan shugʻullangan adabiyotshunos va tarixchi olim, ayni paytda oʻz davrining zamonaviy adabiy jarayonning ham nozik bilimdoni va tadqiqotchisi boʻlganini alohida taʼkidladilar. Kafedra katta oʻqituvchisi O. Haqnazarova va assistent T.Tillayev tomonidan Oybek xotirasiga bagʻishlangan sheʼrlar yangradi. Tashrifdan kafedra oʻqituvchilari olam-olam taassurot bilan qaytishdi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!