YANGILIK VA TADBIRLAR

Riga Texnika universiteti vakili bilan hamkorlik uchrashuvi

photo_2022-06-25_16-32-52

Joriy yilning 25-iyun kuni Riga Texnika universiteti Xalqaro hamkorlik bо‘limi boshlig‘i Natalya Murakova Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutiga ikki tomon o‘rtasida tuzilgan memorandumga muvofiq tashrif buyurdi.

Institut rektori Ilxom Sabirov boshchiligida xodimlar jamoasi bilan birgalikda mehmon bilan uchrashilib, memorandumda belgilangan tadbirlarni amalga oshirish, hamkorlikda Erasmus+ dasturi doirasida turli yо‘nalishlardagi ilmiy loyihalarni tayyorlash, Yevropa Ittifoqining Gorizont dasturiga topshirish maqsad qilindi.

Uchrashuvdan so‘ng, “Fizika va elektrotexnika”, “Kimyoviy texnologiya”, “Tо‘qimachilik matolari texnologiyasi”, “Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedralari professor-о‘qituvchilari bilan uchrashuvlar tashkil etilib, Natalya Murakovaga 30 ga yaqin loyiha mavzulari taqdim etildi. Ushbu mavzular bо‘yicha esa kafedralararo ilmiy guruhlar tuzish ishlari kelishib olindi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!