YANGILIK VA TADBIRLAR

Institut xodimlari Turkiya davlatida malaka oshirib qaytishdi

photo_2022-06-28_09-02-50

Joriy yilning 12-26 iyun kunlari Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturining “O‘zbekiston-Qozog‘istonda charm va charm attorlik buyumlari ishlab chiqarishni innovatsion rivojlantirish” (REILEAP) loyihasi doirasida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Charm buyumlarni konstruksiyalash va texnologiyasi kafedrasining 6 nafar professor-o‘qituvchilari va tayanch doktorantlari – dotsentlar M.Ilxamova, M.Shamsiyeva, D.Tursunova, katta o‘qituvchi A.A’zamov assistentlar Z.Irisova, tayanch doktoranti A.Hamitov Turkiyaning EGE universitetida tashkil etilgan seminar treningda malaka oshirib qaytishdi.

Seminar davomida EGE universiteti “Teri muhandisligi” kafedrasining ilmiy tekshirish va charm mahsulotlarni test-sinov laboratoriyalarida hamda ishlab chiqarish korxonalari, jumladan, Turkiyaning Izmir shahrida joylashgan yirik charmni qayta ishlash Sepiciler korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Ikki haftalik nazariy va amaliy malaka oshirish kurslarda xom terini boshlang‘ich qayta ishlash jarayonidan to charmni oxirigi pardozlashgacha bo‘lgan barcha ishlar amalda bajarildi. Shu bilan REILEAP loyihasi asosida xarid qilinadigan charm mahsulotlarni sifatini baholash laboratoriya uskunalarida ishlash prinsiplari o‘rganildi. Charmni qayta ishlash sohasida ilmiy va amaliy bilimlarini oshirish va o‘zaro hamkorlikda ishlash kelishib olinildi.

Malaka oshirish so‘nggida esa barcha ishtirokchilar sertifikat blan taqdirlandi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!