YANGILIK VA TADBIRLAR

Hamkorlikning yangi bosqichi

Joriy yilning 30-iyun kuni O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov, “LC WAIKIKI” kompaniyasi vitse-prezidenti Yasemin Tamer va bir guruh nufuzli xorijiy kompaniya vakillari Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti Kor-Uz To’qimachilik texnoparkiga hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida tashrif buyurdi.

O’quv yurti rektori Ilxom Sabirov tomonidan institutning moddiy-texnik bazasi, ishlab chiqarish va tuzilishi, umumiy faoliyati, ilmiy salohiyati, bir qancha xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik olib borishi hamda To’qimachilik texnoparkining laboratoriyalari bilan batafsil tanishtirib o’tildi.

Rasmiy uchrashuv davomida hamkorlik asosida to’qimachilik sohasining rivoji yuzasidan maqsadli kelishuvlarga erishilib, fikr-mulohazalar almashildi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!