Bugun, 1-iyul kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Paxta sanoati texnologiyasi fakulteti tyutori – Niyazova Gulchehra Saidaxmatovnaning tavallud ayyomi munosabati bilan institut rektori Sabirov Ilxom Kaxramonovich boshchiligida fakultet dekani, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchi va xodimlar jamoasi hamda tyutorlar tomonidan samimiy qutlandi.
Uchrashuv chog‘ida Gulchehra Saidaxmatovnaning hozirda yuritib kelayotgan ma’suliyatli tyutorlik mehnat faoliyati davomida talaba-yoshlarning vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni qiziqishlari yuzasidan kasbga yo‘naltirish, jonkuyarlik bilan yoshlarni birlashtirib kelishlari haqida fikr-mulohazalar yuritilib, mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, tinchlik-xotirjamlik kabi ezgu niyatlar bildirildi.
So‘nggi yangiliklar
Yangilik va tadbirlar
Karnay va surnay sadolari ostida bayram tantanasi boshlandi.
Posted on
Yangilik va tadbirlar
2-aprel kuni institutimizda “Olam nurga toʻlsin, sen bilan Navroʻz!” nomli katta bayram tantanasi boʻlib oʻtadi.
Posted on
Yangilik va tadbirlar
27-mart kuni institut boshqaruv apparatining navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.