YANGILIK VA TADBIRLAR

Oybek ijodini xotirlab Uy-muzeyiga tashrif

photo_2022-07-02_08-42-04

О‘zbek adabiyoti rivojida Muso Toshmuhammad о‘g‘li Oybekning ijodi alohida о‘rin tutadi. Joriy yilning 1-iyul kuni Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti faoliyatiga biriktirilgan adib Oybek uy-muzeyiga tashrif uyushtirildi.

Ushbu tadbirda О‘zbekiston Fanlar Akademiyasining akademigi, filologiya fanlari doktori, professor – Naim Karimov, adabiyotshunoslar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, shuningdek, institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i va xodimlari, fakultet dekan o’rinbosarlari ishtirok etdi.

Mazkur adabiy kechada buyuk adib ijodining insoniylik jihatidan barchaga o’rnak bo’ladigan xislatlariga e’tibor qaratilib, ijodkorning faoliyatiga nazar solindi. Shu xususda, o’zbek xalqida xotira mangu, qadr esa muqaddas tuyg’u ekanligiga yana bir bor amin bo’lindi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!