YANGILIK VA TADBIRLAR

Institut qoshidagi Akademik litsey bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi.

photo_2022-07-02_20-03-28

Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti Akademik litseyini tamomlagan о‘quvchilarga joriy yilning 2-iyul kuni tantanali ravishda diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Dastavval, О‘zbekiston Respublikasi Madhiyasi yangradi. 2022-yilda Akademik litseyni 170 nafar o‘quvchi tamomlab, shulardan 12 nafari imtiyozli diplomga ega bo’ldi. TTYeSI rektori Ilxom Sabirov tomonidan diplomlar taqdim etilib, samimiy tilaklar izhor qilindi.

Ajoyib taassurot va shirin xotiralar bilan yangi hayotga dadil qadam tashlayotgan yoshlarning bundan keyingi hayot yо‘llarida ulkan zafarlar tilaymiz. Zero, o’qish-о‘rganish, doimiy izlanish, yangilikka intilib yashash bir umr hamroh bо‘lsin.

Tantana davomida Vatanni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar yangradi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!