YANGILIK VA TADBIRLAR

Tavallud muborak!

Bugun, 18-iyul sanasida Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti fizika-matematika fanlari doktori, professor Mardonov Botir Mardonovichning 80 yillik tavallud ayyomi munosabati bilan institut jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz. Yana uzoq yillar davomida ta’lim dargohining faxrli ustozlaridan biri bо‘lib, shogirdlarga bilim, tarbiya va hayotiy kо‘nikmalar berishlariga tilakdoshmiz!

Ma’lumot o‘rnida, Botir Mardonovich 1942-yil 18-iyulda Samarqand viloyatining xizmatchi oilasida tug‘ilgan. 1965-yilda M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetida Mexanika mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan. 1966-1969 yillarda mazkur universitetning aspiranturasini tamomlagan. Turli nufuzli mehnat lavozimlarida ishlab, 200 dan ortiq ilmiy maqola, 11 ta monografiya va о‘quv qо‘llanmalar muallifi hisoblanadi. Shuningdek, ular rahbarligida 34 ta nomzodlik va 4 ta doktorlik dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilingan. Hozirda institutning “Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi” kafedrasida faoliyat yuritmoqda.

Samarali mehnatlari tufayli 1983-yilda Abu Rayxon Beruniy nomidagi fan va texnika sohasidagi О‘zbekiston Davlat mukofoti va 1992-yilda “О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan xalq ta’limi xodimi” unvoni bilan taqdirlangan.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!