YANGILIK VA TADBIRLAR

Rektor va xodimlar uchrashuvi

Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rektori lavozimida о‘z faoliyatini boshladi. Shu munosabat bilan joriy yilning 19-iyul kuni prorektor, dekan, bo‘lim boshliqlari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchi va ustoz-murabbiylar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Mazkur jarayonda ta’lim dargohi hayotiga oid turli masalalar muhokama qilinib, kelgusidagi rejalar maqsad qilindi. Fakultet dekanlariga 4-kursni tamomlagan talaba-yoshlar hozirgi kunda nimalar bilan shug‘ullanayotganligi hamda ularning ishga joylashish ko‘rsatkichi qay darajada ekanligi nazoratga olinib, ish bilan bandlik masalasi muhim vazifa qilib berildi.

Shuningdek, uchrashuvga institutning sobiq rektori Ilxom Kaxramonovich Sabirov taklif etilib, mas’uliyatli mehnat faoliyati davomida bugungi kunga qadar rahbarlik lavozimida olib borgan samarali ishlari tahsinga loyiq ekanligi sababli jamoa tomonidan minnatdorlik bildirilib, o‘zgacha ehtirom bilan tashakkur izhor qilindi. Ilxom Kaxramonovichning kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyat tilaymiz!

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!