YANGILIK VA TADBIRLAR

“Korporativ boshqaruv” kafedrasi xodimlari Bog‘ot yengil sanoat texnikumida

Joriy yilning 13-iyul kuni Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Korporativ boshqaruv” kafedrasi katta о‘qituvchisi T.Saidmuratova va assistent O.Otaniyozov Bog‘ot yengil sanoat texnikumiga tashrif buyurdilar. Bunda esa “Buxgalteriya hisobi va audit” ta’lim yо‘nalish bitiruvchilariga Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-yanvardagi 17-son qarori asosida texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yо‘nalishlariga suhbat asosida о‘qishga qabul qilish tartibi tо‘g‘risida ma’lumot berildi.

Uchrashuv davomida institutda mavjud ta’lim yо‘nalish va mutaxassisliklar, talabalarga yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar, shuningdek, ta’lim dargohining xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik bо‘yicha istiqbolli rejalar tо‘g‘risida seminar о‘tkazildi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!