YANGILIK VA TADBIRLAR

Diplom dublikatini olish tartibi soddalashtirildi

photo_2022-07-21_22-49-49

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim tizimida raqamlashtirish borasida yana bir muhim qadam tashlandi.

Hukumat qarori (https://edu.uz/media/d63c6e2f-8071-33a3-190c-076a10cf7851.pdf) (21.07.2022-y.) bilan oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarning dublikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.

Unga koʻra endilikda,

– fuqaro Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali onlayn yoki oʻziga yaqin joydagi Davlat xizmatlari markazlariga borib diplom dublikatini olish uchun soʻrovnomani toʻldiradi;

– fuqarodan boshqa hech qanday hujjat talab etilmaydi;

– fuqaro tahsil olgan taʼlim muassasasiga borib, ovvora boʻlishiga hojat qolmaydi;

Diplom dublikati 15 ish kuni davomida soʻrovnomada koʻrsatilgan manzilga yetkaziladi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!