YANGILIK VA TADBIRLAR

“Bitiruvchi-2022” – talabalarga diplomlar topshirildi!

375A0588

Bilamizki, Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti о‘zining kо‘p yillik tarixi davomida xalqaro talablarga javob beradigan ta’lim tizimiga ega bо‘lganligi sababli, mamlakatimizda tayanch oliy о‘quv yurtlaridan biri hisoblanadi.

2022-yilning 25-iyul kuni o‘quv yurti Madaniyat saroyida bakalavr ta’limi bitiruvchilariga diplom topshirish va ularni kelajak sari mustaqil hayotga kuzatish maqsadida “Bitiruvchi-2022” tadbirining tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur anjumanni institut rektori Davron Abdujalalovich Vaxabov o‘z nutqi bilan ochib berib, barcha yoshlarga omad, kelgusi ishlariga muvaffaqiyat tiladi.

Diplom topshirish marosimiga “Paxta mash” AJ, “Nurafshon-Nur” MCHJ, “Charm-poyabzal invest” MCHJ, Paxtachilik kengashi laboratoriyasi, “Begital Textile” MCHJ, “Mirishkor Textile Group”, “De-Luxe Production” xususiy korxonasi, OOO “Agro teks alliance”, О‘zbekiston Respublikasi “Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qо‘mitasi”, shuningdek, “Kravzit” MCHJ korxonalaridan vakil sifatida direktorlar, mutaxassis va ish boshqaruvchilar, faxriy professor ustozlar tashrif buyurdi.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, joriy yilda institutni 17 ta ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha 187 nafar magistr,  22 ta bakalavriat ta’lim yо‘nalishlari bо‘yicha 492 nafar talaba-yoshlar tamomladi. Bular orasida о‘g‘il bolalar 294 nafar va qiz bolalar 198 nafarni tashkil qiladi. Quvonarli jihati shuki, ulardan 26 nafar talabalar о‘qishni imtiyozli ravishda bitirib, mutaxassislik diplomiga ega bо‘lmoqdalar.

Xususan, ta’lim olgan mutaxassisliklari bо‘yicha sohada ishlayotgan talabalarning jami soni 144 nafar bо‘lib, о‘g‘il bolalar 112 nafar va qiz bolalar 32 nafar hisoblanadi. Boshqa sohalarda faoliyat olib borayotgan talabalarning jami soni 134 nafar bо‘lib, bular ichida о‘g‘il bolalar 110 nafar va qiz bolalar 24 nafar. Hozirgi vaqtda bitiruvchilar ichida ishsizlar soni esa 120 nafar hisoblanib, о‘g‘il bolalar 73 nafar va qiz bolalar soni 47 nafardan iborat. Shu о‘rinda yosh bolali talabalar soni 94 nafarni tashkil etib turibdi.

Ertangi kun egalari bо‘lgan yoshlarga hayotidagi eng unutilmas voqealardan biri bо‘lgan talabalikni muvaffaqiyatli tomomlash baxti nasib etganiligi bilan samimiy qutlab, mehnati samarasini kо‘rgan holda kelajakda sohaning yetuk kadrlari bо‘lishlariga tilakdoshmiz. Ustozlar ko‘magi asosida olgan bilim va malakalarini kelgusida yurtimizning rivoji, uning istiqboli uchun bor kuch g‘ayratni safarbar etib, vatanimizning gullab yashnashi yо‘lida xizmat qilishlariga ishonamiz!

TTYeSI matbuot xizmati

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!