YANGILIK VA TADBIRLAR

“Yozgi universitet” xalqaro loyihasidan talabalar muvaffaqiyatli qaytishdi

Rossiya Federatsiyasi Ilm va ta’lim vazirligi tomonidan 2022-yilning 9-24 iyul kunlari oralig‘ida tashkil etilgan “Yozgi universitet” xalqaro ta’lim loyihasida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining faol talaba-yoshlari ishtirok etdi.

Dastavval, ushbu loyihada qatnashish istagida bo‘lgan institutning 70 ga yaqin talabalaridan motivatsion xatlar kelib tushib, shulardan 28 nafari tashkilotchilar tomonidan saralab olindi.

O‘zbekiston talabalari asosan institut bilan ko‘p yillardan buyon hamkorlik qilib kelayotgan A.N.Kosigin nomidagi Rossiya davlat universiteti bazasida faoliyat ko‘rsatib, xalqaro tajriba, yuqori kayfiyat va o‘ziga ishonch bilan qaytishdi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!