Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat institutida 2022/2023 o’quv yili bakalavriyat ta’lim yo’nalishlari uchun joriy yilning 4-avgust kuni soat 08:00 da kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo’lib o’tadi.
Imtihon jarayonlari o’tkazilishini keng ommaga yetkazish maqsadida davlat va jamoat arboblari, xususan, OAV vakillari taklif etilgan.
Shuningdek, imtihon o’tkaziladigan zallar, o’quv xonalari dezinfeksiya qilindi.
Muhim eslatma, abituriyentlar ijodiy imtihon kuni o’zlari bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat pasport, ID va abituriyent qayd varaqasi bilan kiritiladi hamda tegishli bo’yoq jihozlarini olib kelishi so’raladi.
Abituriyentlar va ularning ota-onalari institut Call-markazi bilan bogʻlanib, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishlari mumkin: (+99871) 253-36-66
So‘nggi yangiliklar
Yangilik va tadbirlar
Karnay va surnay sadolari ostida bayram tantanasi boshlandi.
Posted on
Yangilik va tadbirlar
2-aprel kuni institutimizda “Olam nurga toʻlsin, sen bilan Navroʻz!” nomli katta bayram tantanasi boʻlib oʻtadi.
Posted on
Yangilik va tadbirlar
27-mart kuni institut boshqaruv apparatining navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.