YANGILIK VA TADBIRLAR

Suhbat

2022-yil 23-avgust kuni Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat institutida О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-yanvardagi “Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yо‘nalishlariga suhbat asosida о‘qishga qabul qilish tartibi tо‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash” haqidagi qaroriga asosan texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan, texnikumdagi butun о‘qish davrida о‘quv semestrlari yakuniga kо‘ra о‘zlashtirish baholari “5 (a’lo)” va “4 (yaxshi)”, biroq о‘zlashtirish baholarining kamida 50 foizi “5 (a’lo)” bо‘lgan bitiruvchilar bilan suhbat asosida 2022/2023 о‘quv yiliga qabul jarayoni bо‘lib о‘tdi.

Suhbatdan muvaffaqiyatli о‘tgan texnikum bitiruvchilari о‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yо‘nalishlarida о‘qitishning tо‘lov-kontrakt shakli asosida 2-bosqichidan о‘qishni davom ettirishi mumkin bо‘ladi.

Jarayonga jamoatchilik vakillari hamda texnikum bitiruvchilarining ota-onalari kuzatuvchi sifatida jalb etildi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!