YANGILIK VA TADBIRLAR

Rektor boshchiligida Institut Kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi

Joriy yilning 29-avgust kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rektori Davron Vaxabov raisligida o‘quv yurtining barcha xodimlar jamoasi ishtirokida Institut Kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Dastavval, faxrli ustozlardan biri bo‘lgan Gularam Masharipovaga Turon fanlar akademiyasi akademigi ilmiy unvoni berilganligi munosabati bilan guvohnoma, ko‘krak nishoni va diplom tantanali ravishda taqdim qilinib, samimiy muborakbod etildi.

Shuningdek, mazkur uchrashuv kun tartibidan o‘rin olgan institut hayotiga oid o‘quv, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy va xalqaro hamkorlik ishlari prorektorlar tomonidan ma’ruza qilinib, hisobotlar tinglandi. Xususan, bo‘lim boshliqlari tomonidan esa turli masalalar aytib o‘tildi hamda muhokama etilib, tasdiqlandi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!