YANGILIK VA TADBIRLAR

AQSHning Moda texnologiya instituti vakillari bilan hamkorlik uchrashuvi

photo_2022-09-01_22-21-42

2022-yilning 29-avgust kuni Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti taklifiga ko‘ra, ta’lim dunyosi reytingida kuchli 5 likdan joy olgan, moda va dizayn bo‘yicha ixtisoslashgan Nyu-York moda instituti delegatsiyasi vakillari tashrif buyurib, rahbariyat bilan rasmiy uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuv chog’ida ikki tomon o’rtasida mustahkam hamkorlik aloqalari o’rnatilib, TTYeSIda qo‘shma fakultetni tashkil qilish ko’zda tutilmoqda. Fakultet yo’nalishlarini asosan media dizayn, moda dizayni, poyabzal va aksessuarlar dizayni, qadoqlash dizayni va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etish maqsad qilinib, bu borada muzokaralar olib borildi. Tashkil etilajak fakultetni Amerika sarmoyalari ishtirokida yaratilgan “Silver Leaf Textile Cluster” xususiy hamkori hisobidan birgalikda moliyalashtirish rejalashtirilmoqda. Rasmiy yig’ilishdan so’ng delegatsiya a’zolari institut rektori Davron Vaxabov boshchiligida mutaxassislar tomonidan o’quv yurtida mavjud ilmiy va o’quv laboratoriyalar, zamonaviy ishlab chiqarish texnologiya jihozlari, shuningdek, ta’lim jarayonida talaba-yoshlar uchun yaratilgan amaliy shart-sharoitlar bilan batafsil tanishtirilib, institut qoshidagi Kor-Uz To’qimachilik texnoparkiga ham sayohat uyushtirildi. Ma’lumot o’rnida: Moda Texnologiyalari Instituti Nyu-York shahridagi davlat kolleji boʻlib, Nyu-York Davlat Universiteti (SUNY) tarkibiga kiradi va moda sanoati bilan bogʻliq sanʼat, biznes, dizayn, ommaviy kommunikatsiyalar va texnologiyalarga eʼtibor qaratadi. U 1944-yilda tashkil etilgan bo’lib, hozirda 78 yoshda. Talabalar umumiy soni esa 17300 dan ortiq.

Institut tarkibiga quyidagilar kiradi:

  1. 17 ta mutaxassislik bo’yicha San’at va dizayn maktabi (San’at va dizayn maktabi):

• Reklama va raqamli dizayn – Reklama va raqamli dizayn (BFA)
• Animatsiya, interaktiv media va o‘yin dizayni – animatsiya, interaktiv media va o‘yin dizayni (BFA)
• Media dizayni – aloqa dizayni (AAS)
• Matoni modellashtirish – matoni uslublash (BFA)
• Moda dizayni – Moda dizayni (AAS, BFA)
• Tasviriy san’at – Tasviriy san’at (AAS, BFA)
• Poyafzal va aksessuarlar dizayni (AAS, BFA)
• Grafik dizayn – Grafik dizayn (BFA)
• Illustration – Illustration (AAS, BFA)
• Interyer dizayni – interyer dizayni (AAS, BFA)
• Zargarlik buyumlari dizayni – zargarlik buyumlari dizayni (AAS)
• Erkaklar kiyimi – Erkaklar kiyimi (AAS)
• Packaging Design – Packaging Design (BFA)
• Fotografiya – Fotografiya (AAS, BFA)
• Spatial Experience Design (BFA)
• To‘qimachilik/Yuzat dizayni – To‘qimachilik/Yuzat dizayni (AAS, BFA)
• O‘yinchoqlar dizayni – O‘yinchoqlar dizayni (BFA)

  1. Biznes va texnologiya maktabi Jey and Patty Baker (Jey and Patty Baker School of Business and Technology) bakalavr darajasiga ega mutaxassisliklar bo‘yicha dars beradi:

• Reklama va marketing kommunikatsiyalari
• Kosmetika va parfyumeriya marketingi
• Moda biznesini boshqarish
• Uy uchun mahsulot ishlab chiqish
• Moda sanoati uchun xalqaro savdo va marketing
• Ishlab chiqarishni boshqarish: moda va tegishli sohalar
• To’qimachilikni rivojlantirish va marketing
• Texnik dizayn

  1. Liberal sanʼat maktabi quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha Sanʼat bakalavri darajasini taklif qiladi:

• san’at tarixi va muzeyi;
• kino va ommaviy axborot vositalari.

  1. Magistratura maktabi san’at magistri, tasviriy san’at magistri yoki professional tadqiqotlar magistri darajasiga olib keladigan 7 ta dasturni taklif qiladi.

Sanat ustasi,
• San’at bozorini o’rganish
• Ko’rgazma dizayni
• Moda va to‘qimachilik: tarix, nazariya, muzey amaliyoti.
Tasviriy san’at magistri
• Moda dizayni
• Tasvir
Professional tadqiqotlar magistri
• Kosmetika va parfyumeriya marketingi va boshqaruvi
• Global moda boshqaruvi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!