YANGILIK VA TADBIRLAR

Yangi o‘quv yili muborak bo‘lsin!

Oliy taʼlim muassasalarida yangi oʻquv yilining boshlanganligi munosabati bilan talabalar kutib olinmoqda. Shu jumladan, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida ham rahbariyat va talaba-yoshlar ishtirokida “Talabalikka bagʻishlov” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvni Yoshlar masalalari, ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Ulug‘bek Abdullayev kirish so‘zi bilan ochib berib, institut rektorining bayram tabrigini yig‘ilganlarga o‘qib eshittirdi. Shuningdek , “Chust Textile” korxonasi rahbari Jamshid Ismatullayev, Xalq ta’limi a’lochisi Dilfuza Islomova, o‘quv yurti professor-oʻqituvchilari, talabalar va ota-onalar so‘zga chiqib, o’z samimiy tilaklarini izhor etdilar.

Qadrli yoshlar! Boshlangan yangi o‘quv yilida sizlarga omad va ulkan zafarlar hamroh bo‘lsin!

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!