Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rahbariyati erta tongdan talabalarni kutib olib, barcha auditoriyalarda bilimlar kunining ilk darslari o‘tkazilmoqda. “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida professor-o ‘qituvchilar tomonidan mustaqillik darslari tashkil etildi.
Ushbu darslarda Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tarixiy ahamiyatga ega 15 ta eng muhim islohoti, Uchinchi renessans poydevori bo‘lgan yoshlarga yaratilgan keng ko‘lamli imkoniyatlar, bu borada esa ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar talaba-yoshlarga yetkazilmoqda. Shuningdek, Mustaqillik atamasi buyuk ne’mat ekanligi, har bir inson uning qadriga yetishi lozimligi alohida ta’kidlab o‘tildi.
So‘nggi yangiliklar
Yangilik va tadbirlar
Karnay va surnay sadolari ostida bayram tantanasi boshlandi.
Posted on
Yangilik va tadbirlar
2-aprel kuni institutimizda “Olam nurga toʻlsin, sen bilan Navroʻz!” nomli katta bayram tantanasi boʻlib oʻtadi.
Posted on
Yangilik va tadbirlar
27-mart kuni institut boshqaruv apparatining navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.