YANGILIK VA TADBIRLAR

“So’z gavhari” badiiy kechasi

2022-yil 20-sentabr kuni Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti Matbaa texnologiyasi va To’qimachilik sanoati texnologiyasi fakulteti tyutorlari tashabbusi bilan Axborot-resurs markasida Abdulla Qahhor tavalludining 115 yilligi munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur “So’z gavhari” deb nomlangan badiiy uchrashuvga tarjimon, shoir Shukur Qurbonov va Yakkasaroy tumani Axborot-resurs markazi xodimi D.Akromova tashrif buyurishdi.

Shoir tomonidan talabalarga Abdulla Qahhorning hayot yo’li, ijodi va faoliyati haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi. Ijodiy uchrashuvdan ko’zlangan maqsad talaba-yoshlarni adabiyotga, san’atga va madaniyatga qiziqtirishdir.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!