YANGILIK VA TADBIRLAR

Sevimli adib Oybek siymosiga bag’ishlangan tadbirlar davom etmoqda

Joriy yilning 21-sentabr kuni Adiblar xiyobonida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti jamoasi Muso Toshmuhammad о‘g‘li Oybek siymosi va faoliyatiga bag’ishlangan navbatdagi ma’rifiy tadbirni o’tkazdilar.

Tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha birinchi prorektor U.Abdullayev kirish sо‘zi bilan ochib berib, o’z ma’ruzasini yig’ilganlar e’tiboriga havola etdi.

Institutning “Matbaa va qadoqlash jarayonlari texnologiyasi” kafedrasi xodimlari Oybek asarlarining yoshlar hayotidagi о‘rni hamda “Oybegim mening”, “Oybek” nomli о‘z she’rlarini ishtirokchilarga o‘qib eshittirdilar. Shu jumladan, talaba-yoshlar tomonidan “Oybeknoma” she’riy tо‘plami va kuy-qo‘shiqlar ijro qilindi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!