YANGILIK VA TADBIRLAR

Amaliy tajriba

photo_2022-09-24_11-23-51

Shveytsariyaning yetakchi to’qimachilik uskunalari ishlab chiqaruvchi Rieter kompaniyasi murabbiyi Rolf Willen, Global Textile Solutions kompaniyasida Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti o’qituvchilari uchun amaliy mashg’ulot o’tkazdi.

Davlatlar o’rtasidagi hukumat kelishuvi doirasida, Rieter bir qator o’quv dasturlarini yo’lga qo’ydi. Birinchi trening Toshkent to’qimachilik va yengil sanaot institutining professor-o’qituvchilari uchun o’tkazildi. Hafta davomida eshituvchilar nazariy bilimlarga ega bo’lib, amaliy dars ko’rinishidagi yakuniy bosqichni Global Textile Solutions korxonasida o’tkazdi.

Ekskursiyada Rolf Willen professor-o’qituvchilarga Rieter kompaniyasining eng zamonaviy uskunalari o’rnatilgan Global Textile Solutions to’qimachilik fabrikasi misolida, ishlab chiqarish jarayonlari, mexanizm va jihozlarning imkoniyatlarini tushuntirib o’tdi.

To’qimachilik sanoati xodimlarining salohiyatini oshirish maqsadida, noyabr oyida institut talabalari uchun ham xuddi shunday treninglar o’tkazish rejalashtirilgan. Kelishuvga ko’ra, kelajakda ushbu institut uchun bunday treninglar, o’qituvchilar uchun yiliga bir marta va talabalar uchun yiliga ikki marta o’tkaziladi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!