YANGILIK VA TADBIRLAR

Xalqaro hamkorlik

Joriy yilning 23-sentabr kuni Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat institutiga Ozarbayjon va Turkiya davlatining “Ishbilarmonlar birlashmasi” rahbari Ruslan Imamzade tashrif buyurgan mehmonlar, institut rektor maslahatchisi Dilyara Shayxutdinova va “O’zbek va Xorijiy tillar” kafedrasi katta o’qituvchisi Shahnoza Nurbekovalar tomonidan rasmiy kutib olindi.

Ruslan Imamzade tashrif doirasida institutda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, kutubxona va kompyuter xonalari bilan yaqindan tanishtirildi. Bo’lib o’tgan suhbatda kelgusida Ozarbayjon va Turkiyaning Anqara davlat texnologiyalar universiteti bilan hamkorlik memorandumlarini imzolash hamda turk tilidan “Tomer” sertifikati imtihonlarini institutda o’tkazishni tashkil etish bo’yicha kelishib oldilar. Suhbat har ikki tomon uchun manfaatli bo’ldi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!