YANGILIK VA TADBIRLAR

Ardoqli adib Oybek siymosiga bag’ishlangan tadbirlar davom etmoqda

Joriy yilning 28-sentabr kuni Adiblar xiyobonida Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti jamoasi Muso Toshmuhammad o’g’li Oybek siymosi va faoliyatiga bag’ishlangan navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirni o’tkazdilar.

Tadbirni “Fizika va elektrotexnika” kafedrasi dotsenti Isayev Hamid Isayevich adib Oybek haqida tayyorlagan ma’ruzalarini yig’ilganlar e’tiboriga havola etdi.

Institutning Yengil sanoat texnologiyasi va dizayn fakulteti xodimlari Oybek asarlarining yoshlar hayotida o’rni hamda sevimli asarlar to’plamidan she’rlarini ishtirokchilarga o’qib eshittirdilar. Shu jumladan, talaba yoshlar tomonidan “Oybeknoma” she’riy to’plami va kuy qo’shiqlar ijro etildi.

Ushbu ma’naviy-ma’rifiy tadbir barcha uchun ko’tarinki kayfiyat baxsh etdi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!