YANGILIK VA TADBIRLAR

TTYESI dual ta’lim

Dual ta’limga bosqichma- bosqich o’tish jarayonlari davom etmoqda.

Joriy yilning 29-sentabr kuni Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti ”To’qimachilik sanoati texnologiyasi” fakulteti dekani, dekan o’rinbosarlari mutaxassis o’qituvchilar tomonidan 3-kurs talabalariga, institutimizda joriy etilgan dual ta’lim tizimiga bosqichma- bosqich o’tish haqida tushuntirish va ma’lumotlar berildi.

Institut rektori qaroriga binoan, joriy yilning 3-oktabr sanasidan boshlab, talabalar haftaning 3 kunida korxonalarda amaliyot o’tash uchun borishi va 3 kunida institutda nazariy o’qish tizimida o’qish kerakligi aytildi.
Talabalarga amaliyot o’tash uchun boradigan korxonalar ro’yhati tanishtirilib,barcha soha yo’nalishi bo’yicha taqsimlandi.
Talabalar dual ta’lim tizimi bo’yicha barcha tushunchalarga ega bo’ldilar.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!