YANGILIK VA TADBIRLAR

Talabalarga ta’lim bilan birgalikda tarbiya mezonlari haqida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Joriy yilning 29-sentabr kuni Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti “Yengil sanoat texnologiyasi va dizayn” fakulteti tyutorlari M.Aripdjanova, Z.Yesebekova va Institut “Xotin -qizlar kengashi a’zosi X.Abdunosirovalar birgalikda 1-talabalar turar joyiga tashrif buyurib talabalarning yashash sharoiti bilan tanishdilar.

Talaba qizlar uchun “Qiz bolaning kasbi uning baxti” ,”Qiz bola sha’ni – qiz bola obro’si’ mavzularida davra suhbati tashkil etdilar.
Suhbatda “Xotin -qizlar” kengashi a’zosi X.Abdunosirova tomonidan har bir talaba qiz o’z xonalarini ozoda saqlashi, tartib-intizomli bo’lishi va kiyinish madaniyati, muomala madaniyati qoidalariga qat’iy rioya qilishlari kerakligini aytib o’tdi.
Talaba qizlar bo’lib o’tgan suhbatdan o’zlariga kerakli bilim va ko’nikmalarga ega bo’ldilar.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!