YANGILIK VA TADBIRLAR

Xalqaro hamkorlik

Joriy yilning 30-sentabr kuni Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat institutiga Germaniya davlatining “Tyuring to’qimachilik va plastmassa tadqiqotlari “institut vakillari tashrif buyurib, institut hamda texnopark faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif davomida to’qimachilik, funksional tekstil, kompozitsion materiallar yo’nalishida olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarini o’rgandilar.

Hamkorlik uchrashuvida “Apiteks”, “Texnotkan tekstil”, “Yassaviy teks”, “Dashaus” korxonalari vakillari ham qatnashib, o’z fikr mulohazalarini bildirdilar.

To’qimachilik sohasida institutimiz va korxonalar hamda “Tyuring to’qimachilik va plastmassa tadqiqotlari ” instituti hamkorlikda import o’rnini bosuvchi va lokalizatsiya dasturiga oid O’zbekiston sanoati uchun yuqori talablarga javob bera oladigan innovatsion mahsulotlar bo’yicha yangi texnologiyalar yaratishda hamkorlik qilish to’g’risida rasmiy kelishib oldilar.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!