YANGILIK VA TADBIRLAR

Institutning “Yil talabasi” nomiga ega bo‘lishni xohlovchi talaba-yoshlar diqqatiga! Ushbu tanlov aynan sizlar uchun!

photo_2022-10-21_18-42-38

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti talaba-yoshlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, intellektual salohiyatini oshirish, iqtidorli talabalarni aniqlash, ularning o‘z salohiyatlarini namoyon etishlariga imkoniyatlar yaratish, talabalik nufuzini oshirish hamda rag‘batlantirish maqsadida

“YIL TALABASI” tanloviga start berdi!

Tanlovda ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hujjat topshiradi:

a) “Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi”

b) “Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi”

d) “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi”

e) “Yilning eng faol sportchi talabasi”

f) “Yilning eng faol iqtidorli talabasi”

g) “Yilning eng faol ijodkor talabasi”,

h) “Yilning eng faol tadbirkor talabasi”

Tanlovda uzliksiz (akademik ta’tilsiz) kunduzgi ta’lim shaklida o‘qib kelayotgan 2,3-4-bosqich talabalari ishtirok etishi mumkin.

Tanlov ikki bosqichda:

-Institut bosqichi;

-Respublika bosqichida bo‘lib o‘tadi.

Ishtirokchilar tomonidan tayyorlanadigan hujjatlar to‘plami hamda rag‘batlantirish to‘g‘risida Nizom orqali tanishishingiz mumkin.

Hujjatlar 20-oktabrdan 29-oktabrga qadar Yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosarlariga taqdim etiladi.

Буйруқ-315-23.09.2022-Ф.Фарходов-1Скачать

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!