YANGILIK VA TADBIRLAR

Sport-sog‘lik garovi

Sport sog‘lik sari qo‘yilgan ilk qadam sanaladi. Statistik ma‘lumotlarga ko‘ra, haftasiga 3-4 marta jismoniy mashqlar bilan shug‘ullangan odamlar boshqalarga qaraganda 65 foiz kamroq charchoqni his qiladi. Agar jismoniy mashq kunning birinchi yarmida amalga oshirilsa, kun davomida charchoq deyarli sezilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020–yilning 30-oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, talaba-yoshlarning sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishlariga sharoit yaratish maqsadida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida turli xil musobaqalar tashkil etib kelinmoqda. Bugun esa oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida musobaqalar bo‘lib o‘tdi.Unda talaba-yoshlar Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti  yoshlari bilan mini-futbol musobaqasida kuch sinashishdi.  Natijalar esa institut yigitlari 2­:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.

G‘alaba muborak!

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!