YANGILIK VA TADBIRLAR

Xalqaro hamkorlik uchrashuvlari

Joriy yilning 26-oktabr kuni Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti “O’zbek va xorijiy tillar” kafedrasi katta o’qituvchisi Sh.Nurbekova, “Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi” kafedrasi texnika fanlari doktori, professor X.S.Usmanov hamda “Matbaa texnologiyasi” fakultetining 2-chi bosqich talabasi Diyor Usmonovlar Xalqaro hamkorlik doirasida Hindiston davlat elchisi janob Shri Manish Prabhat bilan uchrashuv tashkil etishdi.
Uchrashuvda vakillar 8-13-dekabrda Hindistonning Mumbay shahrida bo’lib o’tadigan Xalqaro universitetlar va to’qimachilik uskunalari ko’rgazmasida ishtirok etish masalasi yuzasidan suhbatlashildi.
Elchi janoblari institutning 90 yillik yubileyi bilan institut jamoasini yana bir bor qutlab, o’zining samimiy tilaklarini bildirdi.
Uchrashuv ko’tarinki kayfiyatda bo’lib o’tdi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!