YANGILIK VA TADBIRLAR

Koreyalik hamkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkent  to‘qimachilik va yengil sanoat instituti bugun xorijiy davlat vakillari tashrif buyuradigan makonga aylandi . Sababi, institut bugungi kunda to‘qimachilik, yengil sanoat, dizayn, matbaa sohalarida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda Markaziy Osiyoda yetakchi oliygoh sanaladi.

Bugungi kunda Koreya  va O‘zbekiston ta‘limda ham eng yaxshi hamkorlik aloqalarini o‘rnatib kelmoqda.   Janubiy Koreyaning  Djungbu universiteti  Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Lee Minhee institut bilan hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash maqsadida tashrif buyurdi. Muloqatda  institut Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor A. Gulamov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi vakillari hamda  D. Shaykhutdinovalar ishtirok etishdi. Muloqat chog‘ida kelgusida hamkorlikni yanada rivojlantirish, bakalavr ta‘lim  yo‘nalishi doirasida  qo‘shma ta’lim dasturlarini yaratish haqida kelishib olindi. 

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!