YANGILIK VA TADBIRLAR

Texnoparkka tashrif

O‘zbekiston –Yaponiya va Yaponiya –O‘zbekiston iqtisodiy hamkorlik qo‘mitalarining navbatdagi   yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Yaponiyalik delegatsiya ishtirok etdi.  Delegatsiya  tarkibida Yaponiyaning turli korxonalarining  O‘zbekistondagi vakolatxonalari rahbarlari, Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi,Markaziy Osiyo va Kavkaz bo‘limi direktori o‘rinbosarlari hamda Investitsiya va Tashqi savdo vazirligining Yaponiya bilan hamkorlik  qilish boshqarmasi boshlig’ining o‘rinbosarlari bor. Ularning tashrifi doirasida O‘zbekiston va Koreya hamkorlikda ochilgan texnopark faoliyati bilan tanishish ham belgilangan. Bugun  Yaponiya delegatsiyasi texnoparkka tashrif buyurdi. Mehmonlarni  Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rahbarlari, prorektorlari kutib oldi. Mehmonlar  uchun texnopark bo‘ylab sayohat  uyushtirildi.    U yerda talabalarga yaratilgan imkoniyatlar laboratoriyalarning ish faoliyati bilan tanishib, o‘zaro hamkorlik borasida kelishib olindi.



Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!