YANGILIK VA TADBIRLAR

Xalqaro ilmiy-amaliy anjumani o‘z ishini yakunladi

Ma’lumki, joriy yil 27-oktabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining 90 yillik yubiley doirasida “Soha korxonalari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashda milliy va xorijiy tajribalar” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy anjumani o‘z ishini boshlagandi. Bugun mazkur anjumanning yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Anjumanning sho‘ba yig‘ilishlarida “O‘zbekipaksanoat”, “O‘zto‘qimachiliksanoat”, “O‘zcharmsanoat”, “O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmalari vakillari, mahalliy va xorijiy mutaxassislar, sohalarning malakali kadrlari hamda professor-o‘qituvchilari onlayn va oflayn ishtirok etishdi. Anjuman doirasida 4 ta sho‘ba ish olib borib, unda jami 250 dan ortiq ma’ruzalar tinglandi. Unda doktorantlar, magistrlar va yosh iqtidorli talaba-yoshlar tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari muhokama qilindi. Sho‘ba majlislarida eng yaxshi ma’ruza tanlovi o‘tkazilib, g‘oliblar aniqlandi.

Unga ko‘ra, yalpi majlisda o‘z taqdimotlari bilan eng faol ishtirok etgan ishtirokchilar: assistent YE.V.Kudryavseva (Rossiya, Sankt-Peterberg), tayanch doktorant M.Shirinova hamda K.F.Nabiyevalar taqdirlanishdi. Faxrli birinchi o‘rin: tayanch doktorant S.Saidbekova, magistrlar X.I.Bobojonova, SH.H.Xodjimanova, K.B.Mirziyodovalarga; ikkinchi o‘rin: tayanch doktorant R.M.Yangiboyev, magistrlar M.Muminxodjayev va N.X.Sharofiddinovalar, bakalavr talabasi A.F.Xasanboyevlarga; uchinchi o‘rin: magistr SH.A.Raxmatullayeva, tayanch doktorantlar M.Zubaydulleva va M.Raximberdiyevlar hamda dotsent F.P.Azimovalarga nisib etdi.

Anjuman yakunida fakultet kafedralarida iqtidorli talabalar bilan seleksion ishlarni olib borish va ularni istiqbolli ilmiy mavzular bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarga jalb etish ko‘lamini yanada kengaytirish hamda ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikda mutaxassislik fanlarini interaktiv usullarda o‘qitilishini tashkil etish, kafedralarning ilmiy to‘garaklarida doimiy sohalarning zamonaviy texnologiyalari bo‘yicha yangiliklarini o‘zlashtirishga kelishib olindi.

 

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!