YANGILIK VA TADBIRLAR

Institut va mahalla faoliyati

Joriy yilning 31-oktabr kuni Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti Matbaa texnologiyalari fakulteti “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi o’qituvchilari S.Yusupova, D.Nishonova, N Djuraeva va Sh.Yusupalievalar hamda mahalla bilan hamkorlikda 144 –maktab binosida “Oila-muqaddas dargoh” deb nomlangan tadbir tashkil etildi.
Tadbirda toshkent shahar hokimligi bo’limi boshligi hamda Yakkasaroy tuman hokim o’rinbosari D.Sh. Ismoiljonova hozirda yurtimizda 8,5 millionga yaqin oila istiqomat qilayotganini, bu borada Prezidentimiz rahbarligida oila institutini mustahkamlash, oilalarda sog‘lom va barqaror muhitni qaror toptirish, gender tenglikka erishish, ayniqsa xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va jamiyat faolligini oshirishda tizimli ishlar amalga oshirilayotganligi haqida to’liq ma’lumot berdi.
Mahalla faol ayollaridan Rahimaxon aya yosh oilalarga pand-nasihatlar berib suhbatni yakunlashdi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!