YANGILIK VA TADBIRLAR

“Kitob va kitobxonlik inson ma’naviyati ko’zgusi “

Joriy yilning 1-noyabr kuni “INFOLIB O‘ZBEKISTON-2022” XI Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institut ARM, Yakkasaroy tumani axborot-kutubxona markazi va ma’naviyat bo’limi hamkorligida “Kitob va kitobxonlik inson ma’naviyati ko‘zgusi” mavzusidagi forumi o‘tkazildi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirining maslahatchisi, Oʻzbekiston Yozuvchilar Uyushmasi aʼzosi, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Isajon Sulton, O’zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi shoiri Shukur Qurbon, “Ekobloger” hujjatli film yaratuvchisi, jurnalist M. Hushvaktova, Tez o‘qish treneri “Superreading” asoschisi A.Mansurov, hamda institut professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar va Akademik litsey o‘quvchilari ishtirok etishdi.
Mehmonlar tomonidan o‘qilgan she‘rlar va ilmiy ma’ruzalar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!